Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

    Ta'lim 29 Noyabr 2023 736

    Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

    Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

    1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;

    2. Buxoro viloyati - Olot tumani;

    3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;

    4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;

    5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;

    6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;

    7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;

    8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorao‘zak tumani;

    9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;

    10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;

    11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;

    12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;

    13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;

    14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari;

    Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

    ️Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan.

    Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qo‘yilgan.