Musobaqada 15 ta ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa qatnashchilari TDShU va O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetida (O'zDJTU) o'qiyotgan barcha bosqich talaba qizlari bo'ldi. Mamlakatimizda aynan shu ikki oliy o'quv yurtlarida malay tili chuqur o'rgatiladi.
Oxirgi yillarda bu musobaqaning ahamiyati oshib borayotgani kuzatilyapti, talabalar bilimlari va ular o'rtasidagi raqobat ham ortib bormoqda. Bu yil aynan bizning yurtimizdagi musobaqani hatto Malayziyadagi tilshunos mutaxassislar onlayn rejimida kuzatib borishdi, bu bejizga emas. Oxirgi uch yil ichida o'zbekistonlik talabalar ikki bor har yili Malayziyada o'tkaziladigan Xalqaro malay tilida notiqlik musobaqasida (Malay Language Public Speaking Competition) g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Bu esa talabalarimizga malayziyalik mutaxasislar orasida qiziqishni ortishiga sabab bo'ldi.
Malayziya Sulton Idris Pedagogika universitetining malay tili mutaxasislari onlayn rejimida talabalar chiqishlarini kuzatib baholab borishdi.
Aynan o'zbek talabalari bunday yuqori natijalarga erishayotganlari sababli Malayziya oliy o'quv yurtlarining yurtimiz oliy uquv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini bog'lashga intilishlarini ham o'sib boraptgani kuzatilyapti.
Tadbirda ishtirok etgan Toshkent davlat sharqshunoslik universteti rektori Gulchehra Rixsievaning aytishicha, u rahbarlik qilayotgan oliy o'quv yurti bir nechta Malayziya universtitlari bilan yaqindan aloqalarni o'rnatib hamkorlik qilib kelayapti va tez orada yana ber necha Malayziya universitetlari bilan hamkorlik o'rnatish rejalashtilgan.
Tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Malayziyaning yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xendi Assan janoblari barcha talabalarga o'z minnatdorligini bildirdi va musobaqada eng yaxshi natija qayd etgan ikki talaba shu yili Malayziyada bo'lib o'tadigan Xalqaro malay tilida notiqlik musobaqasida ishtirok etishga taklif qilinishlarini e'lon qildi. Bunday musobaqalarda ishtirok etish talabalarga katta hayotiy tajriba bo'lishi shubhasiz.
Musobaqa natijasiga ko'ra, 5 nafar talaba qimmatbaho sovg'a va pul yutuqlari bilan taqdirlandi.
Abduvohid ACHILOV