Ana shunday uchrashuvlardan yana biri Malayziyaning «Meraque Group Sdn Bhd» kompaniyasi rahbari Razali Ismail bilan bo‘ldi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari hamda yangi loyiha bo‘yicha muhokama olib borildi. Razali Ismail O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish har qachongidan ham manfaatli ekanligini ta'kidlar ekan, bu zamin ayni qishloq xo‘jaligida yaxshi maydon ekanligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng tomonlar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ishga tushirish rejalashtirilgan «Meraque Group Sdn Bhd» kompaniyasining kichik hajmdagi aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalarini, xususan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish borasida muhokamalar olib borildi. Muzokaralar natijasi o‘laroq, ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Maqsad – o‘zaro tajriba almashish, innovatsion qishloq xo‘jaligi amaliyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, yurtimizda innovatsion «Meraque» texnologiyalari ishlab chiqarish barobarida aqlli qishloq xo‘jaligini yaratish.
Ma’lumot uchun, «Meraque» kompaniyasi 2018-yil start-up loyiha asosida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 200 nafar olim, muhandis va yoshlarni ish bilan ta’minlagan. Kompaniya asosan, aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda maxsus dronlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.