“Dunyo“ AAning xabar berishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Zulkifli Jafar Malayziyada qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun mazkur kompaniya tomonidan halol standartlari boʻyicha birinchilardan boʻlib insulin dorisini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgani va mamlakat hukumati buyurtmasi asosida davlat sogʻliqni saqlash muassasalariga yetkazib berilayotganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, Malayziyada qandli diabet kasalligi mavjud insonlarga insulin dori vositalarini bepul tarqatish tizimi joriy etilgan.
“Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan ushbu kompaniyaning bir necha turdagi dori vositalarini mamlakatimizda hamkorlikda ishlab chiqarish imkoniyatlari oʻrganyapmiz. Xususan, mahalliy sheriklar bilan birgalikda “Tashkent Pharma Park” hududida halol insulin ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish niyatimiz bor“, — dedi u.
Dastlabki bosqichda mamlakatimizdagi farmatsevtika korxonalarining mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda halol standartlari asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Malayziyadan zarur texnologiyalarni olib kelish, keyingi bosqichda esa ushbu biznesga sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda.