Prezidentimizning 2021-yil 28-oktyabrdagi “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish kabi vazifalar belgilangan.
Ular ijrosini taʼminlash maqsadida yuzasidan Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori, professor Abdugʻaffor Joʻrayev boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Kelantan universitetida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Safar davomida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish, hamkorlikda seminar va treninglar tashkil etish, akademik almashinuv, qoʻshma loyihalar va tadqiqotlar oʻtkazish kabi yoʻnalishlar boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Xizmat safari davomida yana ikkita yetakchi OTM faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish jarayonini muhokama qilish koʻzda tutilgan, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.