Vatandoshimiz malayziyalik ish beruvchi tomonidan uning fuqarolik pasporti olib qo‘yilganligi, ish maoshi to‘lanmaganligi hamda unga nisbatan jismoniy bosim o‘tkazilayotgani to‘g‘risida diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.
Yurtdoshimizning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida elchixona saʼy-harakatlari natijasida N.E.ning xorijga chiqish pasporti ish beruvchidan qaytarib olindi.
Malayziya huquq-tartibot organlari fuqaro N.E.ning shikoyat arizasi asosida ish beruvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Mahalliy sud tomonidan fuqaroning ko‘rsatmalari olinib, unga O‘zbekistonga qaytishiga ruxsat berildi.
Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi vakillari va Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti vakillari ko‘magida N.E. Kuala-Lumpurdan Toshkentga qaytarildi.
O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarimizni Malayziyaga safar qilishdan oldin yolg‘on vaʼdalarga aldanib qolmaslikka, oson ish topishga oid takliflarga ishonmaslikka hamda ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.