Bugun Kuala-Lumpur markazidagi eng gavjum chorrahada, Malayziyaning sayyohlar eng koʻp keladidan mashhur “Petronas Twin Towers” egizak minoralari roʻparasidagi katta ekranda Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy arxitekturasiga bagʻishlangan videolavhalar namoyishi boshlandi. Mamlakatimiz haqida videomateriallar bir hafta davomida ushbu ekran orqali koʻrsatiladi.
Ushbu namoyish, shubhasiz, Malayziya jamoatchiligi va Kuala-Lumpur shahridagi koʻplab xorijiy mehmonlar oʻrtasida oʻzbek madaniyati hamda mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini keng targʻib etishga ham xizmat qiladi.