Bozorning asosan yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan «Top Glove» (aksiyasi 223 foizga qimmatlashdi) va «Hartalega» (aktsiyasi 113 foizga qimmatlashdi) kabi boshqa ishtirokchilaridan farqli o‘laroq koorporatsiya yirik ishlab chiqaruvchi sifatida qatnashmoqda. Uning birjadagi bahosi hammadan ko‘ra ko‘proq, qariyb besh baravar (394 foizga) oshdi. Har yili «Supermax Corp» taxminan 24 milliard qo‘lqop ishlab chiqaradi. 2019-yilgi hisobotga ko‘ra, rahbariyat 2024-yilgacha bir yilda 44 milliard qo‘lqop ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda.

Aksariyat tahlilchilar «Supermax Corp» aksiyalarini sotib olishni tavsiya etsa, ba'zi ekspertlar xavf-xatardan ogohlantirishadi. Boshqa davlatlarda, deylik, Xitoyda ishlab chiqarish faollashadigan bo‘lsa, himoya vositalariga ixtisoslashgan Malayziya kompaniyasining daromadi kamayishi mumkin.