“Sayberjaya” sport arenasida oʻtkazilgan futbol turnirida Limkokving, Sayberjaya va Milliy energetika universitetlarida taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar qatnashdi.
Sport tadbiri boshlanishida vatandoshlarga mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlar, shu jumladan, respublikamizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bu kabi sport tadbirlarini tashkil etish Malayziyada boʻlib turgan yosh vatandoshlar uchun katta eʼtibor ekani, nafaqat ularning sogʻlom hayot tarzini taʼminlashdagi oʻrni, balki bir-biri bilan yaqin muloqot oʻrnatishida koʻprik vazifasini oʻtashini taʼkidladi.