Malayziyada Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovga mamlakatimiz madaniy merosiga oid tarixiy qoʻlyozmalarning faksimile nusxalari topshirildi.
Bular: Abu Rayhon Beruniyning «At-Tafhim« va Abulqosim Firdavsiyning Temuriylar davrida koʻchirilgan «Shohnoma« asarlari.
Eslatib oʻtamiz, 1197-yilda koʻchirilgan Abu Rayhon Beruniyning «At-Tafhim« asari jahon ilm-fanida muhim manba sifatida eʼtirof etilgan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma«si esa XV asrda temuriylar davri kitobat sanʼati anʼanalari asosida koʻchirilgan. Asarda Kamoliddin Behzod miniatyura maktabiga xos anʼanalar ham aniqlangan.
Bu qoʻlyozmalar Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy ekspozitsiyasida namoyish etilishi kutilmoqda.