Mahsulotlar mamlakatimizning “Golden Prime Food” kompaniyasi tomonidan Malayziyaning “Deli Fruits Trading” savdo kompaniyasiga taqdim etildi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar vaqtincha toʻxtatilgani sababli yuklar Kuala-Lumpur shahriga Turkiya orqali yetkazildi.
“Deli Fruits Trading” kompaniyasi menejeri Nazatul Shimaning taʼkidlashicha, oʻzbek mahsulotlarining yangi joʻnatmasini sotish Kuala-Lumpur shahri va Johor shtati savdo tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. “Biz may oyida oʻzbek meva-sabzavotlarining navbatdagi partiyasini kutyapmiz”, dedi u. Malayziyalik tadbirkor, shuningdek, Oʻzbekistondan import qilinadigan mahsulotlar sifati malayziyalik xaridorlar talabiga toʻla javob berayotganini qayd etdi.
Mamlakatimiz elchixonasi Malayziya bozorida Oʻzbekiston mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha ishlarni faol davom ettirmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA.