Malayziyaning “Rossem Cartoon House” jurnalining navbatdagi sonida sanʼat muxlislari yaxshi taniydigan, ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida ijod namunalarini joylab kelayotgan rassomlarimizdan biri Shavkat Muzaffarning asari chop etildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston-Xitoy” doʻstlik jamiyati veb-sahifasida rassom va ijodi haqida material eʼlon qilindi.
Shavkat Muzaffar (Turopov) – 1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.
Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi. 2007-yilda “Oltin qalam” II Milliy mukofoti sovrindori.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Axborot xizmati