Malayziyaning eng ilgʻor IT kompaniyasi Sirdaryoda oʻz filialini ochadi

    Raqamlashtirish 28 Fevral 2024 214

    “Upstream” dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqaruvchi autsors kompaniya boʻlib, 2 mingdan ziyod xodimlari va dunyo boʻylab bir nechta filiallari mavjud.

    Ayni vaqtda xizmat safari bilan Malayziyada boʻlib turgan Sirdaryo viloyati hokimining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchisi — IT Park Sirdaryo filiali rahbari Oybek Anvarov “Upstream” BPO kompaniyasi direktori Ahmed Qayyum bilan uchrashdi.

    Unda kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida hamkorlik yoʻnalishlari va istiqbolli loyihalari amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizdagi IT Parkʻlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan dasturlar va soliq imtiyozlari haqida xorij kompaniyasi vakillariga batafsil maʼlumot berildi.

    “Upstream” dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqaruvchi autsors kompaniya boʻlib, 2 mingdan ziyod xodimlari va dunyo boʻylab bir nechta filiallari mavjud. Kompaniyaning yillik daromadi 20 million AQSH dollarini tashkil etadi.

    Yakunda viloyatda kompaniyaning filialini ochish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi.