Maʼlumot uchun, Malayziya davlat teleradiokompaniyasining “TV Okey” telekanali ommabop madaniy-koʻngilochar segmentida mashhur hisoblanadi. Telekanal mamlakat hududidan tashqari, Singapur, Tailand, Shimoliy Indoneziya, Filippin davlatlarida ham translyatsiya etiladi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Malayziyada Oʻzbekistonning turizm salohiyati, madaniy hamda tarixiy merosiga oid bagʻishlangan turkum teledasturlar uchun 6 ta epizoddan iborat qiziqarli mediakontent tayyorlab, namoyish etishdir.
Telekoʻrsatuvlar ikki asosiy qismdan iborat boʻladi. Ularning bir qismi Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari va Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining madaniy merosi, turizm infratuzilmasi va tabiat boyliklariga bagʻishlanadi.
Qolgan epizodlar gastronomik va agro-turizm salohiyatini yoritib berish maqsadida milliy taomlar restoranlari va bozor rastalari, xususan Toshkentdagi Chorsu bozori, Samarqanddagi Siyob bozori va boshqa joylarda suratga olindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.