“Vazirlar Mahkamasi qarorida Isroil pasporti egalarining Maldiv orollariga kirishini taqiqlovchi zarur qonunlarga o'zgartirishlar kiritish, shuningdek, hukumat tarkibida bu harakatlarni nazorat qiluvchi qo'mita tashkil etish kiradi”, deyiladi xabarda.

Maldiv orollari Prezidenti Falastinliklarning ehtiyojlarini baholash va Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi ko'magida Falastinga yordam ko'rsatish uchun mablag' yig'ish kampaniyasini tashkil qilish uchun maxsus vakil tayinlashga qaror qildi. Bundan tashqari, qo'llab-quvvatlash uchun “Maldivliklar Falastin bilan birdamlikda” shiori ostida umummilliy miting o'tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.