Malibu QQS pastlashi hisobiga deyarli 10 mln soʻmga arzonladi

    Sanoat 26 Yanvar 2023 886

    Uz Auto Motors Tracker va Malibu avtomobillari uchun shartnoma berishni qayta tikladi.

    Yangi shartnomalarda Tracker 2 mln soʻmdan ortiqroqqa qimmatlaganini koʻrish mumkin. Malibu QQS pastlashi hisobiga deyarli 10 mln soʻmga arzonlashgan.

    Malibu – 395 311 840 soʻm

    QQS pasayganiga qaramay, Tracker 2,1–2,6 mln soʻmga qimmatlashgan:

    Tracker Turbo 1.2 LS AT – 211 454 880 soʻm

    Tracker Turbo 1.2 LTZ AT – 231 196 000 soʻm

    Tracker Premier 2023 AT – 251 142 080 soʻm

    QQS pasayganiga qaramay, Equinox, Traverse va Tahoe 5 foizga qimmatlashgan:

    Equinox 1LT – 441 000 000 soʻm

    Equinox 3LT – 472 500 000 soʻm

    Traverse – 734 530 720 soʻm

    Tahoe – 1 109 274 880 soʻm