Bu haqda mamlakat transport va infratuzilma vazirligi ma'lum qildi.
“27-fevral, seshanba kuni taxminan soat 17:00 da 7-sonli milliy avtomagistralda Bagoe daryosi ustidagi ko'prikda, Niyena — Kumantu aholi punktlari orasidagi hududda jiddiy yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi”, deyiladi departamentning Facebookdagi sahifasida.
Hodisaga haydovchining avtobus boshqaruvini yo'qotgani sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, deb xabar beradi report.az.