Barcha sevib isteʼmol qiladigan malinaning shifobaxsh xususiyatlari nihoyatda koʻp:

- malina tarkibida salitsil kislotasi mavjud boʻlib, u yalligʻlanishga qarshi va isitma tushiruvchi aksariyat dorilarning asosiy vositasi hisoblanadi;

- hayotiylik, terining elastikligi, yuz rangi tiniqligini taʼminlaydigan va yoshlikni saqlashga yordam beradigan A, Ye, RR, V2 vitaminlari mavjud;

- aksariyat antidepressantlarning maʼlum qismini tashkil etadigan mis mavjud. Shuning uchun stress paytida malinani koʻproq isteʼmol qilish foydalidir;

- qon hosil boʻlishini yaxshilashga yordam beradi, chunki malinaning tarkibida juda koʻp temir mavjud;

- malinadagi S vitamini quvvatni oshirishga yordam beradi;

- farzand koʻrish niyatidagi hamda homilador ayollar uchun juda zarur boʻlgan foliy kislotasi bor.