21–22-iyunda siklon ta’siri kuchsizlashadi, ammo markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
20-22-iyunda yurtimizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 34–39° ni tashkil etadi.