Mazkur sanani munosib nishonlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birga Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab yurtimizda “Maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik” shiori ostida “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – oʻsib kelayotgan yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat, yurt taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, kitobxonlikka faol jalb qilishdan iborat.
Shuningdek, ishtirokchilar Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻyishdi. Unda Millatlararo munosabatlar va din ishlari boʻyicha qoʻmitalar rahbarlari va xodimlari, milliy madaniy markazlar hamda diniy konfessiya vakillari ishtirok etishdi.
Bagʻrikenglik haftaligi» doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar aholi, ayniqsa yosh avlodni respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishga, jamiyatda koʻp millatli katta oila tuygʻusini, millatlararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.