Qarorda asosan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursining bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismini qoplab berishni nazarda tutuvchi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha;

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlariga ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha;

“Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjud boʻlgan yoki bandligi taʼminlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish bilan bogliq boʻlgan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismi mazkur xususiy tashkilotga kompensatsiya qilinishini nazarda tutuvchi Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha;

professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ular ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtagan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda byudjet mablagʻlari hisobidan amaliyot oʻtagan toʻliq oy uchun har oylik subsidiya ajratishni nazarda tutuvchi Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish boʻyicha;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlarini ajratish va ularning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi.

Ushbu reglamentlarga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga yuklatilganligi;

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron davlat xizmatini joriy qilinganligi;

texnik hujjatlarga muvofiq oʻqish va imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilish “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlarini ajratish haqidagi arizani YAIDXP orqali yuborish boʻyicha elektron davlat xizmatini ishga tushirilishini,

bundan tashqari hududlardagi namunali xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari reyestrini, shuningdek, milliy sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish vazifalari koʻrsatilgan.

Ushbu qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va «Mikrokreditbank» ATBga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan isteʼmol kreditlari ajratish qayd etilgan.

M.Joʻrayev,

Koson tumani Davlat xizmatlari

markazi boʻlim boshligʻi.