- Bolalar uchun chet tili kurslari;
- Oʻsmirlar uchun chet tili kurslari;
- Katta yoshdagilar uchun chet tili kurslari;
- Kutubxona xizmati, axborot-resurs markazi;
- Readers club;
- Movie club;
- Speaking club;
- Debate Summit;
- Spelling Bee;
- Kidʻs day (Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim);
- University tours;
- Educational tours;
- Test preparation;
- MOCK Exam (TKT, IELTS va boshqalar)
- Oʻqituvchilar uchun tayyorgarlik kurslari (yangi oʻquv kitoblari va interfaol dasturlar boʻyicha);
- Media Team (qiziqarli kontentlar, aholidan takliflar, joylarda soʻrovnomalar);
- Olimpiada va koʻrik tanlovlar (Ted club, quizzes) kabi tadbirlar rejasi yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, kelib tushgan takliflar asosida yana boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.
Markazda oʻquv xonalari, kutubxona-resurs markazi, kompyuter test xonalari, zamonaviy oʻquv kitoblari va adabiyotlari, yuqori tezlikdagi internet kabi barcha qulayliklar taqdim etiladi.Talabalarning xorijiy tillarni oʻqitish, tarjimonlik, media kabi sohalarda oʻzaro fikr almashishlari va turli loyihalarni tashkil etishlari uchun imkoniyat yaratiladi va moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi.
Turli yoʻnalishlar boʻyicha soha mutaxassislari va xalqaro hamkorlar koʻmagida tajriba orttirishlari mumkin boʻladi va ish beruvchilar bilan aloqa oʻrnatiladi. Kadrlarga qoʻyilgan talablar oʻrganiladi.
Loyihada oʻquvchilarni koʻngilli talabalar tomonidan bepul oʻqitish, talabalarni stipendiya koʻrinishida nodavlat sektori koʻmagida mukofotlab borish rejalashtirilgan.