6-aprel mamlakatimiz hududlari boʻylab 116 240 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 17 976 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 14 793 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 83 471 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 49 040 860 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 19 921 502 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 011 355 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 13 108 003 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:Samarqand viloyati (18 515 doza),Buxoro viloyati (9 950 doza), Toshkent viloyati (9 719 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,9 foizga, toʻliq vaksina kursini olganlar esa 75,1 foizga yetgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati