Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xabar berishicha, bugungi kungacha mamlakatimizda jami 51 648 337 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 20 246 671 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 16 263 052 nafarni,
3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 15 138 614 nafarni tashkil qildi.
Kecha, yaʼni 28-aprel kuni emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
Fargʻona viloyati (24 999 doza),
Samarqand viloyati (18 814 doza),
Toshkent shahri (14 940 doza) band qildi.
Maʼlumot oʻrnida: Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,4 foizni tashkil qilmoqda.