Xalqaro moliya institutlari ko'magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O'zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o'zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aktsiyalari paketini sotishni nazarda tutilgan.

Bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo'lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta'minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolinadi.