Ular dunyoning rivojlangan mamlakatlarida siyosatni shakllantirishda yetakchi rol oʻynaydi, turli vaziyatlarda ekspertlik fikrlarini tavsiya qiladi: global iqtisodiy inqirozga qarshi kurashishdan tortib jangovar harakatlar tahliligacha.

Tahliliy va tadqiqot institutlari ommaviy tahlillar rivojiga imkon beradi, davlatning qarorlar qabul qilishida, islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishida koʻmak beradi.

Yuksalish harakati ushbu infografikada xalqaro nashrlarda chop etilganlik, tadqiqotlar va ekspertlar fikri, forumlardagi ishtiroki va xalqaro reytinglarda qayd etilishi boʻyicha shakllangan Oʻzbekistonning “Aql markazlari” TOP-15 taligini taqdim qildi:

  • ▪️ Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi
  • ▪️ Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
  • ▪️ Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  • ▪️ Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
  • ▪️ Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi
  • ▪️ Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
  • ▪️ “Bilimlar karvoni” NNIM
  • ▪️ “Yuksalish” umummilliy harakati
  • ▪️ Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi
  • ▪️ “Maʼno” tadqiqot tashabbuslari markazi
  • ▪️ Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz
  • ▪️ Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi
  • ▪️ “Tahlil” ijtimoiy tadqiqotlar markazi
  • ▪️ “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
  • ▪️ Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi