Yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimida xususiy sektor ulushi ortib bormoqda. Bu esa sohada sogʻlom raqobatni taʼminlash orqali tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish imkonini beryapti.
Jumladan, hozirgi kunda mamlakatimizda 7,6 mingta xususiy tibbiyot tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 586 tasi joriy yilning 9 oyida tashkil etilgan yangi sogʻliqni saqlash muassasalaridir.
Mavjud xususiy tibbiyot tashkilotlarining barchasida ambulator, 21 foizida statsionar tibbiy xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan.
Xususiy sektorga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berildi va 29 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi oʻrtasida shartnomalar imzolandi.
Shunga muvofiq, joriy yilning 9 oyida ular tomonidan 2,5 milliard soʻmlik tibbiy xizmatlar koʻrsatildi.
Jumladan, bajarilayotgan 18 yoʻnalishdagi yuqori texnologik va murakkab jarrohlik operatsiyalari:
-
- travmatologiya va ortopediya,
- akusherlik va ginekologiya,
- koʻz mikroxirurgiyasi,
- urologiya,
- kardiologiya ixtisosliklarini qamrab olmoqda.