Ushbu talabni bajarish uchun normal sharoitda mammografiya xonasida 2 ta rentgenolog boʻlishi kerak.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, inson resurslarining yetishmasligini hisobga olgan holda http://screening.mammo.uz/ platformasida ixtisoslashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi.

Bu mutaxassislar tomonidan tahlil natijalarini markazlashgan tarzda oʻqish va tasvirlarni yagona tizimda saqlash imkonini beradi.

Buning uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 4 ta shifokor ish stansiyasi va RIS/PACS serveri bilan jihozlangan ofis tashkil etilgan.

Onkologiya markazi filiallarida esa 13 ta shifokor ish stansiyasi oʻrnatildi va mammogrammalarni oʻqish uchun mutaxassislar tayyorlandi.

Ushbu yechim “2/3-marta oʻqish” qoidasini amalga oshirish, shuningdek mammografik skrining sifatini nazorat qilishga imkon beradi.