Unga koʻra:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida” loyihasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilandi.
Bu loyiha bilan:
- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish, koʻrib
chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlar, sudlar va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, shuningdek, boshqa tashkilotlarning elektron axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari integratsiyalashadi;
- maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish yuritishda foydalaniladigan protsessual hujjatlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi;
- maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritishda ortiqcha bosqichlarni bekor qilinib va muddatlarni qisqartirish orqali ish yuritish tartibini soddalashtiriladi;
- avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi, shaxsni identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda Biometrik pasport tizimi modernizatsiya qilinadi.
Ushbu loyiha 2021-yil 1-yanvarga kadar Toshkent shahri hududida amalga oshirish belgilab berildi.
Mazkur loyiha bilan endi vakolatli mansabdor shaxs
- huquqbuzarlikni aniqlashi bilan birgalikda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish uchun maxsus dasturiy taʼminot oʻrnatilgan mobil qurilma orqali maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzadi;
- huquqbuzarning biometrik hujjatlarini planshet yordamida yoki yuz tuzilishini rasmga olib yoxud barmoq izlarini tushirish orqali real vaqt rejimida Ichki ishlar vazirligi bazasidan uning shaxsini aniqlaydi.
Agar huquqbuzarga jarima tayinlansa, uni “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali masofaviy toʻlash imkoniyati yaratiladi.
Agar:
- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning soddalashtirilgan tartibda yuritilishiga huquqbuzar yoki jabrlanuvchining eʼtirozi boʻlsa;
- sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun belgilangan sanksiyada jarima jazosidan boshqa turdagi maʼmuriy jazo qoʻllanilishi nazarda tutilsa;
- chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda;
- ish boʻyicha moddiy va maʼnaviy zarar koʻrgan taraf yoki uning vakili zararni undirishni talab qilgan hollarda;
- maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan bir necha shaxslardan loaqal bittasi huquqbuzarlik sodir etganligini rad etgandasoddalashtirilgan tartib qoʻllanilmaydi.
Shuningdek,
2021-yil 1-yanvarga qadar avtomatlashtirilgan multibiometrik identifikatsiya qilish tizimi uchun 40 million nafar shaxsning anketa maʼlumotlari, tashqi yuz qiyofasi va qoʻl izlari maʼlumotlarini qayta ishlashga moʻljallangan dasturiy taʼminot va server qurilmalarini xamda “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasi uchun server qurilmalarini xarid qilish uchun zarur tashkiliy chora-tadbirlar koʻriladi.