Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida joriy yil 20-apreldan boshlab, maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlashdagi roli mavzusida turkum seminar-treninglar oʻtkazilib kelinyapti.

Bugun Toshkent shahrida ushbu seminar-treninglarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar maʼmuriy sudlar sudyalari va Notarial idoralar xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Seminar-treningda tajribali sudyalar va mutaxassislar tomonidan notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan nizolarni sudda koʻrish amaliyoti, shuningdek notariusning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrishning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq masala va muammolar qizgʻin muhokama etildi.

Seminar-trening yakunida bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif-mulohazalar bildirildi.