Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining sudyalari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Yuristlar malakasini oshirish markazi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda xorijiy ekspertlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida qonunchilik tizimida Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunlarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish muhim omil ekanligi alohida qayd etildi.

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sh.Choʻlliyev “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablari, xususan, unda belgilangan bir qator asosiy prinsiplar, shu jumladan, qonuniylik va mutanosiblik, ishonchlilik va tinglanish imkoniyatining mavjudligi, manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi kabilarni toʻlaqonli joriy etilishi, shuningdek, maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy qoidalari amaliyotda yetarlicha tatbiq etilishi uchun muayyan samarali choralar qabul qilish yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, davra suhbatida “Maʼmuriy tartiblar toʻgʻrisida”gi Qonunni barcha maʼmuriy tartib-taomillarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy fundamentiga aylantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasi yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi hamda tegishli tavsiyalar berildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.