Ko'lmak suv 2-3 kunlab turib qoladi. Bu yangi ekilgan qishloq xo'jaligi ekinlari nobud bo'ldi, degani. Yuqorida rais aytmoqchi, qayta ekishga to'g'ri keladi.

Manasliklar bahorda yomg'ir yog'ishi bilan bir umr shu xavotirda yashab kelgan. “Obod qishloq” das turi doirasida ana shu tarixiy muammoga ham nihoyat echim topildi.

Qishloq ichidagi 3 ta erga katta quvur ko'mildi, ular sizot suv yig'iladigan kanal yaqiniga qurilgan nasos stantsiyasiga ulandi. Bu yog'i oddiy: er ostidagi sizot suvlar nasoslar bilan so'rilib, kanalga oqizib yuboriladi.

Bugun manasliklar uchun yomg'ir qut-baraka timsoli. Mamlakatdagi islohotlar har bir manaslik fuqaro hayotida o'z aksini topgan, kunlariga mazmun ingan.