“Maʼnaviyat festivali” ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Mamlakatimizda 24 Avgust 2022 1677

    Oliy Majlis Senati binosida mamlakatimiz boʻylab har yili oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali”ning 130 nafar ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O.Iminov parlament faoliyati xususan, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoni, fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

    Shuningdek, Senat faoliyatining huquqiy asoslari, vakolat va vazifalari, qonunlarni koʻrib chiqish hamda qabul qilish jarayonlarining ayrim jihatlari, parlament nazoratini olib borish toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

    Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Uchinchi Renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” Respublika ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchilari Senat faoliyati bilan tanishish jarayonida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

    Oʻz navbatida, ishtirokchilar Senat faoliyati bilan yaqindan tanish imkoniyati yaratilganligi hamda mazmunli muloqot uchun tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.