Toshkent Fotosuratlar uyida “Maʼnaviyat festivali”ning matbuot anjumani hamda Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Buyuk isteʼdod va ulkan qalb sohibi” badiiy-musiqiy kecha boʻlib oʻtdi.

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Kinematografiya agentligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, ”Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, hamkor tashkilotlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Eʼtirof etish joizki, joriy yilgi festival doirasida “Yangi Oʻzbekiston — yangi renessans sari!”, “Maʼrifat ulashib”, “Yangi Uygʻonish” davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi”, “Bir Ziyoli — bir mahallaga maʼnaviy homiy, “Mening farzandim Oʻzbekiston faxri”, “Faol fuqaro”, “Maʼrifat tur”, “Maqom kechalari”, “Baxtli bolalik, “Bir nuroniy besh nafar yoshga murabbiy” kabi loyihalarni hayotga tadbiq etish koʻzda tutilgan.

Mazkur festival doirasida respublikamizning barcha mintaqalarida milliy va tarixiy kinolarning namoyishi ham boʻlib oʻtadi.

Anjumanning badiiy qismida betakror va unutilmas kuy-qoʻshiqlar ijrochisi, xalq qalbidan chuqur joy olgan sanʼatkor Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

“Maʼnaviyat festivali” doirasidagi loyihalar butun respublika boʻylab tadbiq etiladi.