Bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari, mazmun-mohiyati, keng qamrovli fikr mulohazalar orqali tahlil etiladi.
Ayni paytda yurtimizda-istiqlol yillarida milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish asnosida ulkan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan maktabgacha ta'lim maskanlaridan tortib nufuzli oliy o'quv yurtlarida tashkil etilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardan ko'zlangan maqsad yoshlarimizni har tomonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan. SHiddatli globallashuv jarayonlarida, ayniqsa, ommaviy madaniyat sabab ma'naviyatimiz, fikrlarimiz, hayotga munosabatlarimiz o'zgarayotgan bir pallada puxta bilimga ega bo'lish va turli tahdidlarga kurasha olish, ong va shuurimizda kurashuvchanlik immunitetini yaratish har birimizning burchimiz hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchilar o'rtasida turli fan oyligi va bellashuvlar o'tkazish an'anaga aylangan.
Muhtaram Prezidentimizning ayniqsa o'quvchi yoshlarga qaratgan e'tiborlari, yaratgan shart-sharoitlari kishini ruhlantiradi. Zero “Kelajak yoshlar qo'lida”.
YOshlarning kelajakda o'zi tanlagan mutaxassislikning bilimdoni bulib etishishida etuk ma'naviyatli bulishi lozimligini ta'kidlash maqsadga muvofikdir.
Nargisa Qurbonbaeva,
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani
65-son umumta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi