Keskin va qiziqarli kechgan bahsda “shaharliklar” 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2025/26-yilgi mavsumdagi ilk sovrinni qoʻlga kiritdi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi boʻlimda hal boʻldi. “Siti” futbolchisi Niko OʼRayli 60 va 64-daqiqalarda gol urib, dubl muallifiga aylandi. “Arsenal” esa qancha urinmasin, javob golini kirita olmadi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U 32-daqiqada Viktor Dyokereshga nisbatan qoʻpol harakati uchun sariq kartochka oldi.

Shu tariqa, Husanov Angliya Liga kubogini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu sovrin uning “Manchester Siti” safidagi ilk trofeyi boʻldi.

Ushbu gʻalaba orqali “Manchester Siti” oʻz tarixida 9-marta Liga kubogini yutib, Liverpul (10 ta) rekordiga yanada yaqinlashdi. “Arsenal” esa 7-marta finalda magʻlub boʻlib, musobaqadagi omadsiz seriyasini davom ettirdi.