“Manchester Siti” va “Sevilya” jamoalari o'rtasida o'tkazilgan o'yinda “shaharliklar” penaltilar seriyasida raqiblarini mag'lub etishdi.

“Manchester Siti” o'z tarixida ilk bor UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi, ingliz jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola esa eng nomdor mutaxassislar orasida ikkinchi o'rinni egalladi.

Superkubok Gvardiola faoliyatidagi 36-kubog bo'ldi, bu ko'rsatkich bo'yicha ispaniyalik murabbiy Aleks Fergyusondan (49 sovrin) ortda qoldi, xolos, deb xabar beradi tengrinews.kz.