“Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasi yangi mavsumi uchun kengaytirilgan tarkibi eʼlon qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Unga koʻra, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov qaydnomadan joy oldi. Shuningdek, yaqinda klubga qoʻshilgan Janluiji Donnarumma ham roʻyxatda qayd etilgan. Riko Lyuis va Niko OʼReyli kabi himoyachilar esa B roʻyxatga kiritilgan.
Darvozabonlar: Donnarumma, Trafford, Ortega, Bettinelli.
Himoyachilar: Nunesh, Stounz, Husanov, Diash, Gvardiol, Ake, Ait-Nuri.
Yarimhimoyachilar: Rodri, Kovachich, Niko, Reynders, Bernardu Silva, Foden, Sherki.
Hujumchilar: Savio, Doku, Bobb, Marmush, Holand.