Qatar shayxi “Manchester Yunayted”ni sotib olmoqchi. U shu paytga qadar toʻrt marta shu taklif bilan chiqqan. Yaqinda shayx oʻzing soʻnggi, beshinchi taklifini joʻnatdi.
Sky Sports xabarida aytilishicha, bu taklif oldingisiga qaraganda ancha manfaatli. Shayx “MYU”ning barcha qarzlarini toʻlab, jamoa aksiyalarini 100 foiz sotib olmoqchi.
Shayx klub egasi Gleyzerlardan jumaga qadar javob berishni soʻragan, deb yozdi ESPN nashri
Eslatib oʻtamiz, qatarliklarning oldingi taklifi 5 milliard funtga yaqin edi, klub egasi esa “MYU” uchun 6 milliard funt soʻrayapti.