Angliyaning “Liverpul” klubi futbolchisi Sadio Manening Germaniyaga ketishi haqidagi gaplar haqiqatga aylanmoqda.
Angliyalik jurnalist Deyv Okopning yozishicha, Manening “Bavariya”ga transferi masalasi yaqin uch-toʻrt kunda hal boʻlib, u Myunxen klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Xabarlarga qaraganda, “Bavariya” Mane uchun 45 million yevro toʻlaydi.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, senegallik futbolchi yakuniga yetgan mavsumda APLda 34ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16-marta ishgʻol etgan.