Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda tobora kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorligi kun tartibi, hududlar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklikni mustahkamlash, koʻproq iqtisodiy koʻpriklarni barpo etish boʻyicha soʻz yuritildi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchi va Elchixona jamoasining aloqalarimizdagi ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor, — deyiladi xabarda.