Unga koʻra, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko koʻchasida oʻtkazilayotgan turli taomlar va jonli ijrodagi musiqa hamohangligidagi “Mangal Fest” festivalida ayrim fuqarolar jamoat tartibini buzib oʻzaro janjallashganligi holati kuzatilgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu janjal toʻxtatib qolingan.
Hozirda ushbu fuqarolarning barchasining shaxsi aniqlanib, profilaktik suhbat oʻtkazish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib borildi.
«Videoda aks etgan holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha jamoat tartibini buzishda ishtirok etgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi«, —deyiladi xabarda.









