Holat boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan soat 14:50 da uzilib yongʻin bartaraf qilingan va soat 15:30 harakatni davomi ettirgan. Yuqorida keltirib oʻtilgan holat boʻyicha fuqarolarga va yoʻlovchi vagonlariga shikast yetmagan.
Yoʻlovchi poyezd Nukus stansiyasiga soat 16:23 kirib kelgan (1 soat 3 daqiqa jadvaldan kech kirib kelgan).
Hodisa natijasida masʼul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar koʻrildi va qolgan lokomotivlar yongʻin xavfsizligi boʻyicha takroriy tekshiruvlardan oʻtkazildi. Hozirda lokomotiv taʼmirlanib, foydalanishga tayyor.









