OAV va ijtimoiy tarmoqlarda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining ayrim mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligiga oid e’lon qilingan xabarlar va boshqa ochiq ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bir qator mansabdor shaxslar tadbirkorlik subyektlarida ta'sischi yoki ulushga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan Agentlik tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUK bosh direktori SH.A., Mirobod tuman hokimi A.S., “Milliy antidoping agentligi” rahbari A.S., “Axborotlashtirish Bosh Markazi” UK rahbari D.S., Bo‘ston tumani hokimi S.N., “Milliy PR-Markazi” DUK direktori D.S., O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari U.M., hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.ning tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik va rahbarlik faoliyatlari tugatilishi ta’minlandi, deb xabar bermoqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati.