Markazning alohida shaxsiy g'azna hisobvarag'i hisobidan ustamalarni belgilash tartibi joriy etilmoqda. Bunda ustamalar Markaz xodimlari faoliyatining quyidagi yo'nalishlarida erishilgan

natijalari asosida belgilanadi:

  • respublika hududlarida va xorijiy davlatlarda gastrol` kontsert-tomosha tadbirlarida qatnashish;
  • mumtoz musiqa yo'nalishida maqom namunalariga xos asarlarni yaratish va ularni notaga olish;
  • maqom va bastakorlar tomonidan bastalangan asarlarni takomillashtirish;
  • OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali sof va mukammal ijrodagi maqomlarni targ'ib etish;
  • mumtoz musiqa merosiga oid ilmiy maqolalar chop etish, izlanishlar olib borish, kitoblar va to'plamlar yaratish;
  • maqom va bastakorlar tomonidan bastalangan asarlarning zamonaviy ohangdagi karaokelarini yaratish;
  • «ustoz-shogird» an'analarini davom ettirish, maqom san'atini rivojlantirishga qaratilgan boshqa yo'nalishlar.

 Hujjat bilan 2023-2025 yillarda quyidagilarni tashkil etish rejalari tasdiqlandi:

  • O'zbek milliy maqom san'ati markazi va uning hududiy bo'limlari maqom ansambllarining mahalliy gastrol` safarlarini tashkil etish rejasi;
  • O'zbek milliy maqom san'ati markazi va uning hududiy bo'limlari maqom ansambllarining korxona va tashkilotlarga gastrol` safarlarini tashkil etish rejasi;
  • O'zbek milliy maqom san'ati markazi va uning hududiy bo'limlari maqom ansambllarining xorijiy gastrol` safarlarini tashkil etish rejasi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 05.09.2023 yildan kuchga kirdi.