Tizimning maqsadi xalqni rozi qilish. Byurokratiya va korrupsiyaga chek qoʻyish. Aholining davlat xizmatiga boʻlgan ehtiyojini vaqtida sifatli xizmat koʻrsatish bilan qanoatlantirishdan iborat.
Viloyatning hududlardagi 19 tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning jami 963 ming 446 ta murojaatiga yechim topildi. Shundan 42 ming 259 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.
Eng koʻp xizmat viloyatning Fargʻona shahrida amalga oshirilgan. 124 ming 154 ta davlat xizmatiga ariza tushgan. Quva tumanida 94 ming 312 ta fuqaro murojaatiga davlat xizmati koʻrsatilgan. Qoʻqon shahrida 87 ming 784 ta, Margʻilon shahrida aholi 72 mingdan ziyod davlat xizmati oldi.
Yuridik korxona ochgan 9 559 nafar biznes vakillariga ham Davlat xizmatlari markazlari orqali tezkor xizmat koʻrsatilgan. 14 036 nafar tadbirkor yakka tartibda faoliyat yuritishini rasmiylashtirgan.
Davlat xizmatlari agentiligi Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.