Oʻsha bahsda Argentina  Angliyani 2:1 hisobida yengib, yarim finalga yoʻl olgandi. Maradona ushbu uchrashuvda avval qoʻli bilan, keyin esa inglizlarning qariyb yarim tarkibini aldab raqiblari darvozasini ikki bor ishgʻol etganini  futbol ishqibozlari hali unutgani yoʻq.

Goal xabariga koʻra, oʻsha uchrashuvdan soʻng Maradona libosini Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Stiv Xoj bilan almashgan. Stiv esa uni 35 yil davomida saqlab kelgan.

Kim oshdi savdosiga qoʻyilgan ushbu futbolkaning boshlangʻich narxi 4,98 million yevro etib belgilangandi.  Ammo afsonaviy futbolchining ashaddiy muxlisi uni 8,5 million yevroga sotib oldi.