Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 2-mart kuni fuqaro M.K. (videotasvirdagi ayol) Margʻilon shahar, Istiqlol mahallasidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 5-sinfida oʻqiydigan oʻgʻli M.E.ni koʻrgani borgan vaqtida, fuqaro J.X. (videotasvirdagi erkak) uning farzandini doʻpposlab urayotganligini koʻrib, ajratmoqchi boʻlgan.
Biroq fuqaro J.X. bezorilik harakatlarini davom ettirib, M.K. va M.E. ni badanining turli joylariga urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Margʻilon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.