Ushbu loyihaning pirovard maqsadi zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan.

Xususan, oʻtkazilgan tahlillar natijasida, Margʻilon shahridagi 130 ta koʻp qavatli uylar 1 yil davomidagi energiya sarfi 33,8 million mtabiiy gaz, 44,9 million kVt elektr energiyasini tashkil etmoqda.

Loyiha toʻla quvvatda ishga tushirilganidan soʻng, 15,4 million mtabiiy gaz, 29,5 million kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda qariyb 14,5 milliard soʻm mablagʻlar fuqarolar hamyonida qoladi.

Mazkur ishlar natijasida, shahar markazlarida issiqlik taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulay sharoitlar yaratish, barcha toifadagi isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti bilan taʼminlash hamda samaradorligi yuqori boʻlgan qozonxona va nasos uskunalarini oʻrnatish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Endi xalqimizni kechagi natija bilan hursand qila olmaymiz. Barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, tarixning yangi sahifasini yaratishga qodirmiz”.

Sardorxon SODIQXONOV,

Fargʻona viloyati Uy-joy kommunal xizmat
koʻrsatish boshqarmasi axborot xizmati rahbari