Margʻilonda nega aynan qora rangdagi “Gentra” haydovchilari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi?

    Transport 4 Dekabr 2023 815

    Margʻilon shahrida qora rangdagi “Gentra” avtomashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi, deya xabar beryapti Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

    Taʼkidlanishicha, ayni kunlarda Fargʻona va Margʻilon shaharlarida aynan qora rangdagi “Gentra” rusumli avtomashina haydovchilari tomonidan davlat raqam belgisini yechib olib, harakatlanish holatlari koʻp uchramoqda.

    Mazkur holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilyapti.

    Oʻtkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov shaxsan ishtirok etib, “Gentra” avtomashinalari haydovchilari bilan suhbat oʻtkazdi.

    Unda yuqoridagi kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik, aks holda haydovchi maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, avtomashina esa, jarima maydoniga olib kirilishi tushuntirildi.